Koç University — 1993-yilda Istanbulda Vehbi Koç jamg’armasi ko’magida tashkil etilgan xususiy notijorat tadqiqot universiteti. Barcha 22 ta bakalavr dasturi ingliz tilida, kichik guruhlarda (talabalar va o’qituvchilar nisbati 13,6) o’tadi; 200+ ilmiy markaz va laboratoriya hamda AQSh, Yevropa va Osiyodagi top-100 universitetlari bilan 300+ almashinuv dasturi mavjud.